Kecha, 13-dekabr kuni O‘zbekistonda 136 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu esa aprel oyidan buyon eng past ko‘rsatkichir, deb yozmoqda SSV matbuot xizmati.

Foto: SSV axborot xizmati

Koronavirus bo‘yicha eng ko‘p kasallanish holatlari Samarqand (23), Buxoroda (16), Andijon (12), Toshkent (11) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (43) ro‘yxatga olindi.

Toshkent shahrida 164 nafar bemor tuzalgan. Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.