“Omikron” koronavirus shtammi allaqachon dunyoning 74 davlatida qayd etilgan, dedi Rossiya Bosh vaziri oʻrinbosari Tatyana Golikova.

Foto: RIA Novosti

“Bizda o’rtacha kunlik kasallanish hali ham juda yuqori, 30 mingga yaqin holatlar mavjud va siz aytganingizdek, dunyoning 74 mamlakatida tarqaldi, biz buni omiron shtammining genomik ketma-ketligiga ko’ra ko’rishimiz mumkin”, – dedi Golikova Rossiya prezidenti Vladimir Putin boshchiligidagi hukumat yig’ilishida.

Uning so’zlariga ko’ra, “omikron” bilan bog’liq vaziyat Rossiyani ham chetlab o’tmadi va ushbu shtammni Janubiy Afrikadan qaytgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari olib kelishgan.

Yangi “B.1.1.529” shtammi 20-noyabrda Janubiy Afrikada qayd etilgan. Unda patogen hujayralarni yuqtirish uchun zarur bo’lgan S-oqsilidagi o’nlab mutatsiyalar mavjud.

Taxminlarga ko’ra, “B.1.1.529” dastlab immuniteti zaif bo’lgan hamda OITS va OIV bilan kasallangan odamlarda kuzatilgan.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti “B.1.1.529″ni “xavotirli” deb tobdi. Mutaxassislarning fikriga ko’ra, yangi shtamm emlanganlarga ham yuqishi mumkin. Bu kasallikning birinchi belgilari charchoq, bosh va tanadagi og’riqlardir.