Ohangaronda Isuzu rusumidagi yuk mashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Xabarga ko’ra, hodisa kecha soat 23:50da Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 32-kilometrida sodir bo‘lgan.

Haydovchining kutilmaganda boshqaruvni yo‘qotishi natijasida Farg‘ona vodiysi tomon ketayotgan Isuzu rusumidagi yuk mashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

Bir necha daqiqadan so‘ng voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari yetib kelib, YTH oqibatlarini hamkorlikda bartaraf etishgan. Yuk mashinasi haydovchisi esa jiddiy jarohat olmaganligi sababli kasalxonaga yuborilmagan.