Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksina (ZF-UZ-VAC2001) bo‘yicha tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Ushbu vaksina Omikron shtammiga qarshi antitanalarni ishlab chiqarishi mumkin. Bu haqda Reuters yozmoqda.

Foto: Google

Kompaniyaning ta’kidlashicha, bir oy oldin 3 dozadan vaksina qabul qilgan 32 kishining 78 foizidan olingan namunalarda Omikronga qarshi neytrallashtiruvchi antitanachalar aniqlangan.

32 ta kishidan 16 tasi ikkinchi va uchinchi dozalarni to‘rt oydan ko‘proq vaqt oralig‘ida qabul qilgan. Ularning barchasida omikronga qarshi neytrallashtiruvchi antitana aniqlandi, ammo antitanalar darajasi asl koronavirusda kuzatilganidan taxminan uch baravar kam.

Yangi “B.1.1.529” shtammi 20-noyabrda Janubiy Afrikada qayd etilgan. Unda patogen hujayralarni yuqtirish uchun zarur bo’lgan S-oqsilidagi o’nlab mutatsiyalar mavjud.

Taxminlarga ko’ra, “B.1.1.529” dastlab immuniteti zaif bo’lgan hamda OITS va OIV bilan kasallangan odamlarda kuzatilgan.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti “B.1.1.529″ni “xavotirli” deb tobdi. Mutaxassislarning fikriga ko’ra, yangi shtamm emlanganlarga ham yuqishi mumkin. Bu kasallikning birinchi belgilari charchoq, bosh va tanadagi og’riqlardir.