Kolumbiyaning Kukuta aeroportida ketma-ket kuchli portlash sodir bo’ldi, parvozlar esa to’xtatildi.

Foto: Google

Portlash Kolumbiya shimoli-sharqida, Venesuela bilan chegaradosh Kukuta aeroportida sodir bo‘ldi.

OAV xabarlariga ko‘ra, birinchi portlashdan so‘ng, xavfsizlik kuchlari portlagan shubhali qutini tekshirishga qaror qilishgan.

Tiempo gazetasi mahalliy hokimiyatga tayanib, ikki huquq-tartibot xodimining o‘limi haqida ham xabar bergan. Nashrning aniqlik kiritishicha, portlash terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan. Birinchi hujum paytida jangarilardan biri portlab ketgan.

Mahalliy OAVning yozishicha, uchish-qo‘nish yo‘lagi yaqinida noma’lum erkak o’zini shubhali tutgan.

“Kukuta aeroportida kuchli portlash tufayli parvozlar toʻxtatildi. Portlash natijasida bir nechta uy-joylar zarar koʻrdi”, – deyiladi xabarda.

Yoʻlovchilarga parvoz va chiptalar haqida maʼlumot olish uchun aviakompaniyalarga murojaat qilish tavsiya qilindi.