Janubiy Sudanda bir necha hafta ichida yuzga yaqin inson noma’lum kasallikdan vafot etdi, deb xabar bermoqda BBC News.

Foto: RBK

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 89 kishi ushbu kasallik qurboniga aylangan. Vaboga olingan testlar esa manfiy natija bergan.

Hozirga kelib JSST eng ko‘p o‘lim holati qayd etilgan Jongley shtatiga o‘z mutaxassislarini jo‘natdi. 

Shu bilan birga, mahalliy hokimiyat vafot etganlar soni aslida ancha ko‘pligini taxmin qilmoqda. Aksariyat holatlar shu yilning avgustida suv toshqinlaridan katta zarar ko‘rgan hududda qayd etilgan.

“Biz xavfni baholash va tekshiruv o’tkazish uchun tezkor javob guruhini yuborishga qaror qildik. Ular kasallangan odamlardan namunalar to’plashlari mumkin bo’ladi, ammo vaqtincha biz olgan ma’lumotlarga ko’ra, 89 o’lim qayd etilgan”, deyiladi xabarda.

JSST ekspertlari kasallik epimarkaziga vertolyotda borishiga to‘g‘ri keladi, chunki u yerga quruqlik orqali borishning hozircha imkoni yo‘q.