Indoneziya qirg‘oqlarida 7,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda AQSh Geologiya xizmati.

Foto: Google

Xabarga koʻra, yer silkinishlari mahalliy vaqt bilan 03:20 (Toshkent vaqti bilan 08:20)da qayd etilgan. Zilzila epitsentri manba 76 kilometr chuqurlikda aniqlangan.

Zilzila Maumere shahrida sezilgan va u yerda 47,5 ming aholi yashaydi.

Hozircha jabrlanganlar yoki halok bo’lganar haqida hech qanday ma’lumot yo’q.