Gaitida benzin olib ketayotgan yuk mashinasining portlashi oqibatida 60 kishi halok bo’ldi, qidiruvlar davom etmoqda, qurbonlar soni ortishi mumkin, deya xabar berdi RFM Gaiti radiostansiyasi rasmiylarga tayanib.

Foto: Telegram

Avvalroq, 40ga yaqin odam halok bo‘lgani xabar qilingan.

“Hozirgi vaqtga qadar portlash oqibatida halok bo’lganlar soni 60 kishini tashkil etadi”, — dedi mer yordamchisi Patrik Almonor.

Uning qo’shimcha qilishicha, portlashdan jabr ko‘rgan uylarda qidiruvlar davom etmoqda, jabrlanganlar soni ortishi mumkin.

Gaiti bosh vaziri Ariel Anri voqea munosabati bilan mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilgan.

Qayd etilishicha, jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan. Mutaxassislar halok bo‘lganlar va yaralanganlarning jasadlarini qidirmoqda.