Energetika vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko’ra, joriy yil boshidan viloyat bo’yicha aholi iste’molchilari tomonidan 1268 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan bo’lib va bu ko’satgich umumiy 921,3 mln. so’mga yetgan.

elektr hisoblagichlar elektr energiyasi schyochik
Foto: Sputnik

Ushbu noqonuniy holatlar yuzasidan qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, ulgurji iste’molchilar tomonidan 772 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib va bunda esa umumiy hisobda 5 mlrd. 850 mln. so’m bo’lib qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.

“Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan joylarda muntazam elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.