Avvalroq, Andijonda YPX xodimi va haydovchi o’rtasida janjal yuzaga kelgani haqida xabar berilgandi.

Xabarga ko’ra, janjal vaqtida xodim haydovchi bilan og’ir-vazmin bo’lmasdan, mulohaza bilan ish olib borish o’rniga, unga baland ovozda, qo’pol munosabatda bo’lib, guvohnomasini ko’rsatmasligini aytgan.

IIV YHXBB matbuot xizmati mazkur xodimga nisbatan chora ko’rilganligini ma’lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-sonli qarori bilan tasdiqlangan “yo’l-patrul xizmati xodimlarining yo’l harakati qatnashchilari bilan o’zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to’g’risida”gi Nizom hamda ichki ishlar vazirining ayrim me’yoriy buyrug’i talablarini buzganligi uchun Andijon viloyati IIB YHXB xodimi B. Badinov egallab turgan lavozimidan ozod etilishi bo’yicha xulosa qilindi.