Toshkentda ayol fohishalikda ayblanganini aytib, janjal ko’tardi. Toshkent shahar IIBB holat bo’yicha ma’lumot berdi.

Foto: Skrinshot

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda ikki nafar ayol profilaktika inspektorlari bilan janjallashayotgani aks etgan videolavha tarqalgan edi.

Videoda ayol IIBga olib kelingani, u IIO xodimi bilan janjallashib, uni haqoratlaganini hamda xonadagi jihozlarni uloqtirib, hujjatlarini yirtib tashlaganini ko’rish mumkin.

Videolavhada shuningdek, ayol profilaktika inspektoriga o’zini fohishalikda ayblaganini aytib, norozilik bildirgan.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, hodisa Chilonzor tumanida sodir bo’lgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o’tkazilgan va tekshiruv yakuni bo’yicha to’plangan hujjatlar fuqarolar Sh.X., N.S. va profilaktika inspektorlari I.M., Sh.P.v larning harakatlariga qonuniy ish berish uchun Chilonzor tumani prokuraturasiga yuborilgan, deyiladi xabarda.