Auktsionda boshlang’ich narxi 204,9 mlrd. so’m bo’lgan davlat mulki 266,4 mlrd. so’mga sotildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmatining xabariga ko’ra, Toshkent shahar Chilonzor tumani Tirsakobod ko’chasidagi 27,86 gektar er maydonida joylashgan sobiq 60-sonli harbiy shaharcha bino va inshootlari sotildi.

Bugun, 13-dekabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan onlayn auktsionga qo’yilgan davlat mulki bo’yicha 3 nafar ishtirokchi o’rtasida bahs bordi.

Savdoda Do’mbrobod city group MCHJ g’olib va Build power MCHJ rezerv g’olib deb topildi.

Boshlang’ich narxi 204,9 mlrd. so’m bo’lgan davlat mulki 1 soat 23 minut davom etgan savdoda 15 qadam narxi oshirilib 266,4 mlrd. so’mga sotildi.