Shu yilning 11-dekabr kuni soat 17:50da, Mirzo-Ulug’bek tumanining “Temur Malik” va “Do’rmon yo’li” ko’chalari kesishgan chorrahada YTH sodir bo’ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshqarmasi xabar bermoqda.

Avtohalokat oqibatida Matiz yo’lovchisi 65 yoshli Z.M. olgan og’ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan va 6 yoshli bola hamda yana uch nafar kishi og’ir jarohatlangani sababli shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, ikkala avtomobil haydovchilari ham tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.