Ma’lum qilinishicha, 1-yanvardan Toshkent shahar jamoat transportida yo’l haqini oshirish bo’yicha Toshkent shahar hokimining “yangi tariflar joriy qilinishi to’g’risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Transport vazirligi

Qayd etilishicha, Toshkent shahar jamoat transportida yo’lkirani naqd pul orqali to’lovlarni amalga oshirishda 1700 so’m, bir yo’lovchining bagajini tashish bo’yicha xizmat uchun 3000 so’m etib belgilash rejalashtirilmoqda.

“Qarorda keltirilishicha, yo’lkira haqi yig’ilishida shaffoflikning ta’minlanishi shahar jamoat transportida naqd pul orqali to’lovlarni amalga oshiruvchi yo’lovchilar soni kamayishi evaziga transport kartalaridan foydalanuvchilarning soni va ulardan tushadigan mablag’larning keskin o’sishiga, ular tomonidan cheklangan tariflar asosida ko’riladigan zararlar miqdorining kamayishiga olib keladi”, deyiladi xabarda.

2022-yilda yangi tariflarning joriy etilishi natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga binoan, “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi avtobus saroylari hamda “Toshkent metropoliteni” UKning kutilayotgan umumiy zarari miqdori kamayishi evaziga shahar mahalliy budjetida 128-130 mlrd. so’m miqdorida mablag’lar tejalishi kutilmoqda