Joriy yilning 10-dekabr kuni Surxondaryoda soat 18:30 atrofida odam o’limi bilan bog’liq YTH sodir bo’ldi, deya xabar berdi Surxondaryo IIB axborot xizmati.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Isuzu avtomashinasi haydovchisi yo’l harakati qoidalarini qo’pol ravishda buzganlig sababli ushbu YTH sodir bo’lgan.

Aniqlanishicha, uzun tumani hududidan o’tgan avtomobil yo’lida Isuzu avtomashinasi haydovchisi yo’l harakati qoidalarini qo’pol ravishda buzib, yo’lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan vaqtda, o’z yo’lida harakatlanib kelayotgan Nexia avtomashinasi Isuzu’ning o’ng old qismiga kelib urilgan.

YTH natijasida, Nexia’ning old o’rindig’ida o’tirgan yo’lovchi og’ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Haydovchi og’ir ahvolda tuman shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasining jonlantirish bo’limiga yotqizilgan, deb xabar bermoqda.