Qozog’istonda ko‘prikdan sakragan qizni Atirau politsiyachilari qutqarib oldi, deb xabar beradi mahalliy nashr.

Foto: RIA novosti

Shu yilning 12-dekabr kuni soat taxminan 22:20larda “102” raqamiga “Atirau”da joylashgan ko‘prikdan noma’lum shaxs sakrab tushgani haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar xodimlari Isatay Tursingaliyev va G‘alim Qalboyev cho‘kib ketayotgan qizni ko’rib qolishgan va darhol qutqaruv ishlarini boshlab yuborishgan.

Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni boshlagan huquq-tartibot idoralari xodimlari jabrlanuvchining voyaga yetmaganligini payqashgan. Sun’iy nafas olishdan keyin u nafas ola boshlagan..

Shundan so’ng qizcha va qutqaruv xizmati xodimlariga, birinchi yordam ko’rsatish maqsadida yetib kelgan tez yordam xodimlari jabrlanganlarni voqea joyiga yaqin bo’lgan poliklinikaga olib ketishgan.

Shifokorlar 14 yoshli qizchaga va xodimlarga zarur bo’lgan tibbiy yordam ko’rsatishgan.