Sobiq er o’z qizlarini ko’rishga borgan va ayoli uning yuziga tarsaki tushirganligi ushbu voqeaga sabab bo’lgan.

Foto: Izvestiya

Joriy yilning 23-avgust kuni Qoraqalpog’istonda ayoli bilan ajrashgan erkak qizlarini ko’rish uchun ularning oldiga borgan. Erkak ayoli bilan ajrashganidan so’ng unga aliment pullarini to’lamagan. Bu esa ayolning sobiq turmush o’rtog’i bilan o’rtada janjal kelib chiqishiga sabab bo’lgan.

Aniqlanishicha, ayol sobiq erining yuziga tarsaki tushirgan. Shundan so’ng, erkak jahl ustida ayolni 7 marotaba pichoqlagan. Natijada ayol vafot etgan.

Sobiq ayolini o’ldirgan erkakka sud hukmi o’qildi. Unga nisbatan JKning 97-moddasi bilan 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.