Mazkur YTH yuzasidan Nishon tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.

Foto: Google

IIV YHXBB matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 11-dekabr kuni soat 17:10larda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida, 33 yoshli haydovchi T.B. “VAZ-2103” rusumli avtomobilni yuqori tezlikda boshqarayotib, rul boshqaruvini yo’qotgan va qarama-qarshi yo’nalishdan chiqib ketgan.

Natijada, 25 yoshli U.B. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtobus bilan to’qnashib ketgan.

Oqibatda, “Vaz-2103” rusumli avtomobil haydovchisi og’ir tan jarohatlari olganligi sababli voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, ushbu avtomobil yo’lovchisi 8 yoshli E.A. va avtobus yo’lovchisi 1973-yilda tug’ilgan M.R. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Nishon tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.