Bugun, 13-dekabr kuni soat 14:00dan Qashqadaryo viloyatining kitob tumanidan o’tgan M-39 avtomobil yo’lining Taxtaqorcha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, bunga M-39 avtomobil yo’lining dovon qismida tinimsiz yoqqan qor oqibatida yo’lning yuza qismida muzlamalar hosil bo’lganligi asos qilib ko’rsatilmoqda.

“Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda “Taxtaqorcha” dovonini qayta ochilishi kutilmoqda. Bu haqda FVV matbuot xizmati qo’shimcha ma’lumot taqdim etadi”, – deyiladi xabarda.