Yaponiyaning asosiy oroli Xonsyuning sharqiy qismida bugun 5 ballik zilzila sodir bo’ldi, sunami xavfi mavjud emas. 

Foto: Tarjumon

Zilzila epitsentri Tokioga tutash Ibaraki prefekturasida joylashgan. Zilzila epitsentri taxminan 50 km. chuqurlikda joylashgan.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo’q. Yer silkinishi Tokio, Tochigi, Saitama, Chiba prefekturalarida ham sezilgan. 

Ibaraki prefekturasidagi “Tokay-2” atom elektr stansiyasining ishida ham noodatiy holatlar qayd etilmagan.