Xakerlar Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Twitter’dagi akkauntini buzib kirishdi. Bu haqda uning idorasi ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Foto: Trend
Foto: RIA Novosti

“Twitter’ga xabar berildi va akkaunt darhol himoyalandi”, — deyiladi xabarda.

Xakerlar mamlakatda bitkoin sotuviga ruxsat berilgani haqidagi xabarni chop etishga muvoffaq bo‘lishgan. Bosh vazir idorasi ham Twitter’ga qisqa vaqt davomida xakerlik hujumi sodir bo‘lganini ma’lum qilgan. 

“Akkaunt buzib kirilganda qisqa vaqt ichida qo‘yilgan tvitlarga e’tibor bermaslik kerak”, — deya qo’shimcha qilingan.

O‘sha paytda qaysi xabarlar chop etilganiga aniqlik kiritilmagan.

Xakerlar shuningdek, mamlakat raqamli valyutani sotib olgani va uni fuqarolar o‘rtasida tarqatishini yozishgan.