Ukraina Oliy Rada’si deputati Sergey Shaxovning aytishicha, Lugansk viloyati ko‘mir yetkazib berish to‘xtatilgani sababli “texnogen falokat” yoqasida turibdi.

Foto: Gazeta
Foto: RIA Novosti

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2014-yildan buyon mahalliy issiqlik elektr stansiyasiga ko‘mir tashilmayapti.

“IESda bor-yoʻgʻi 30 ming tonna koʻmir qoldi, bu 20 kunga yetadi, agar sovuqlar boshlansa, tizim umuman ishdan chiqadi”, dedi u.

Yetti yil davomida ko‘mir olib o‘tishi kerak bo‘lgan temir yo‘l qurilmadi. Hozirda 12 ming kishining hayoti xavf ostida. Mintaqadagi kasalxonalar, maktablar va bolalar bog’chalari ham zarar ko’rishi mumkin, deya qo’shimcha qildi Shaxov.

Avvalroq, Ukraina Oliy Radasi deputati Inna Sovsun mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning Donbass bo‘yicha ehtimoliy referendum haqidagi bayonotini mutlaqo mas’uliyatsizlik deb atadi.

U shaxsan oʻzi va uning “Ovoz” partiyasi aʼzolari Zelenskiyning taklifiga oʻta salbiy munosabatda ekanini taʼkidlagan.

Bundan oldin Zelenskiy Donbass bo‘yicha butun Ukraina referendumi o‘tkazilishini istisno qilmasligini aytgan.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Ukraina janubi-sharqidagi mojaroni hal qilish uchun alohida format yaratish va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish imkoniyati mavjud.