Toshkrntda 31 yoshli haydovchi og’ir tan jarohatlari olib, YTH joyida vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Foto: Google

YTH 11-dekabr kuni taxminan soat 6:00da Chilonzor tumanining “Furqat” va “Beshyog’och” ko’chalari kesishmasida sodir bo’lgan.

Avtomobilni ishonchnoma bilan boshqargan 31 yoshli haydovchi boshqaruvni yo’qotib, beton ustunga urilib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar tomonidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.