12-dekabrga o‘tar kechasi Sitsiliyadagi Agrigento provinsiyasi Ravanusa shahridagi besh qavatli turar-joy binosida gaz portlashi sodir bo‘ldi.

Foto: Report

Kuchli portlash to‘lqini qo‘shni ikkita binoga zarar yetkazgan. Shuningdek, favqulodda vaziyat natijasida 12 kishi, jumladan, uch bola va yosh turmush qurgan er-xotin bedarak yo‘qolgan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar vayronalarni tozalash ishlarini olib borishmoqda.

Shahar meri Karmelo D-Anjelo belkurak yoki buldozeri bor barcha fuqarolarni vayronalarni tozalashda yordam berishga chaqirgan.