Insayder Front Tron o’zining Twitter sahifasida Samsung kompaniyasi Galaxy S22 Ultra’ni ishlab chiqarmasligini ma’lum qildi. Buning o’rniga Janubiy Koreya sotuvchisi Galaxy S22 Note modelini taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Foto: Google

Kompaniya oxirgi marta Note smartfonini 2020-yilda chiqargan edi, shundan so‘ng tarmoqlarda ushbu seriyadan voz kechish va uni yig‘iluvchi qurilmalar bilan almashtirish haqida ko‘plab mish-mishlar tarqalgandi.

Kelajakdagi Samsung flagmani tasvirlari Note seriyali smartfonlar dizaynini eslatadi. Bundan tashqari, mish-mishlarga ko’ra, qurilma Note smartfonlarining asosiy atributi bo’lgan S Pen stilusini qo’llab-quvvatlaydi va hatto u uchun slot ham mavjud.

Shuningdek, Samsung Galaxy S22 Note yirik brendning 108 megapikselli kameradan foydalanadigan yagona flagman smartfoni bo’lishi ham ma’lum bo’ldi.

Avvalroq, Samsung o’zining Galaxy S22 seriyali smartfonlarining narxini oshkor qilgani haqida xabar bergandik.