Rossiyaning Ivanovo viloyatida piyodalarning qadamlaridan elektr energiyasini ishlab chiqarishga qodir bo’lgan zamin qoplamasi ishlab chiqildi.

Foto: TASS

Bu energiya miqdori beshta LED yoritgichni quvvatlantirish uchun yetarli. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, qadam energiyasining atigi 5 foizi piyodalar yo’lagining o’zini yoritishga sarflanadi, qolgan qismi esa ko’chalarni, do’kon oynalarini va reklama inshootlarini yoritish uchun ishlatilishi mumkin.

“Pol qoplamasi qalinligi 75 mm.dan oshmaydigan, pyezoelektr generatori va elektr simlari tizimidan iborat panellardan yasalgan”, – dedi Aleksandr Oxotnikov.

Oxotnikovning so’zlariga ko’ra, Yaroslavl viloyatining texnoparklaridan biri rivojlanishdan manfaatdor. U yerda “aqlli” trotuarlar yordamida butun sanoat maydonini yoritishni rejalashtirgan.

Loyiha bo’yicha ishlar Innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasining 20 million rubl miqdoridagi granti bilan qo’llab-quvvatlanadi.