Yapon olimlari COVID-19ning “omikron” shtammi “delta” turiga nisbatan 4,2 barobar yuqumliroq, degan xulosaga kelishdi. Bunga Janubiy Afrika Respublikasi Gauteng provinsiyasi aholisidan olingan koronavirusning genom ma’lumotlari tahlili asos bo‘lgan.

Foto: Sputnik

Aniqlanishicha, “omikron” tez va oson yuqadi. Shunga qaramay, yangi mutatsiya tufayli gospitalizatsiya darajasi yuqori emas. Bu “omikron”ni yuqtirganlarda xastalik nisbatan yengilroq o‘tayotganini anglatadi.

Yapon olimlarining bu xulosalari hozircha xalqaro ilmiy doiralar tomonidan o‘rganilib, tasdiqlanganicha yo‘q.

Qolaversa, rossiyalik virusolog olim Pyotr Chumakov yangi shtamm haqidagi o‘z xulosalarini e’lon qildi. Uning aytishicha, ushbu mutatsiyadan himoyalanish uchun organizm Uxanda aniqlangan koronavirus shtammiga qiyoslaganda, 41 barobar ko‘p antitanachalar hosil qilishi zarur.

“Kasallikning emlanmagan, immuniteti past hamda vaksina olganiga uzoq vaqt bo‘lgan odamlarga yuqish xavfi yuqori”, – deydi olim.