Rossiyaning Novgorod viloyatida yengil avtomobilning yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi.

Footo; Google

Hodisa bugun, Krestetskiy tumanidagi M-10 “Rossiya” federal avtomagistralining 449-kilometrida Dolgiy Most qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan.

“Skoda Octavia rusumli avtomashinani haydab ketayotgan haydovchi noma’lum sababga ko’ra boshqaruvni yo’qotib, qarama-qarshi yo’nalishdagi harakatga chiqib ketib, Isuzu yuk mashinasi bilan to’qnashib ketgan. Zarba natijasida ikkala mashina yonib ketgan. 1990-yil tug’ilgan Skoda Octavia haydovchisi o’zi bilan yana uch nafar yo‘lovchi, ikki erkak va bir ayol bo’lgan va bular voqea joyida vafot etishgan.

Voqea sodir bo’lgan joyda ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar va tergov guruhi voqea sabablarini aniqlashmoqda.

Viloyat prokuraturasi avtohalokatdan keyin tekshiruv boshlaganini ma’lum qildi.