Rossiyada Rosstandart va yangi GOST loyihasiga ko’ra Road kameralar xavf tug’diruvchi avtomobil haratini yozib olish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Foto: RIA Novosti

Departament tegishli GOSTni Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda qayta ko‘rib chiqishni e’lon qilgan. Uni tasdiqlash 2022-yilning birinchi choragiga mo‘ljallangan. Vazirlik standartni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlar davom etayotganini tasdiqlagan, biroq bu haqda izoh berishga “hali erta” ekanligini qo‘shimcha qilgan.

“Xavf tug’diruvchi harakat” atamasi yo‘l harakati qoidalariga 2016-yilda ham kiritilgan, biroq bu qoidabuzarlik uchun jarima soladigan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks loyihasi haligacha qabul qilinmagan. Yangi GOST loyihasida tegishli tuzatishlar qabul qilinmaguncha, xavfli haydash kameralar tomonidan qayd etilmasligini nazarda tutadi”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, yangi standartda Rossiyada yo‘ldagi ikkita kamera o‘rtasida qayd etilgan o‘rtacha tezlikdan oshib ketganlik uchun jazoni qaytarish rejalashtirilgan.