Ukraina Davlat chegara xizmati kiyimida Rossiya Federatsiyasi ramzlari tushirilgan O‘zbekiston fuqarosini mamlakatga kiritmadi, bunga rasmiy sabab sifatida u safar maqsadini tasdiqlay olmagani ko‘rsatilgan, deya xabar beradi agentlik matbuot xizmati.

Footo; Google

“Bugun “Borispol” nazorat-o‘tkazish punktida kiyimida Rossiya ramzlari tushirilgan O‘zbekiston fuqarosiga Ukrainaga kirish taqiqlandi”, — deyiladi agentlikning Facebook sahifasida

Aniqlanishicha, erkakning kiyimida Rossiya bayrog‘i va gerbi tasvirlari bo‘lgan.

Davlat chegara xizmatining qayd etishicha, obdon tekshirish chog‘ida O‘zbekiston fuqarosi kiyim o‘ziga yarashmaganini anglab yetgan va barcha ukrainaliklardan uzr so‘ragan. Ammo bu xorijlik fuqaroga Ukraina chegarasini kesib o‘tishiga foyda bo’lmadi, chunki chegara nazorati vaqtida u safar maqsadini tasdiqlay olmagani ma’lum bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Departamentning ta’kidlashicha, erkak o‘z tashrifidan maqsad sifatida traktor sotib olishni aytgan, biroq buni hech qanday tarzda tasdiqlay olmagan.

“So‘rov davomida u o‘z xo‘jaligi haqida, shuningdek, kimdan qanaqa traktor olmoqchi ekanligi haqida hech narsa tushuntirib bera olmadi. Shu bilan birga, sayohatchining yonida yetarli mablag’ bo’lmagan, qaytish reysi bilan Toshkentga qaytib ketdi ”, — deya qoʻshimcha qildi Davlat chegara xizmati.