Joriy yilning 9-dekabr kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida joylashgan 6-maktabning ikki nafar o’quvchisini kech soat tahminan 19:30da 22 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Gaz 24” avtomashinasi urib yuborgan.

Foto: Google

Bu haqda UzNews’ga Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu YTH natijasida ularning bir nafari olgan tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.

Jabrlanganlarning ikkinchisi og’ir ahvolda shoshilinch tez tibbiy yordam kasalxonasiga yotqizilgan.

Aniqlanishicha, ular aka-uka bo’lishgan. Ushbu bolalar ota-onasining e’tiborsizligi tufayli, uyiga suv olib kelish maqsadida, ko’chaga chiqib, yo’lning qatnov qismidan narigi tarafga o’tmoqchi bo’lishgan.