Shu yilning 11-may kuni Farg’ona viloyati Qo’qonboy qishlog’ida o’z ayoli va farzandini o’ldirgan shaxs sud qilindi, deya xabar berdi Farg’ona viloyat sudi axborot xizmati.

Foto: RIA Novosti

Aniqlanishicha, hodisadan bir kun avval er va ayol o’zaro janjallashib qolgan. ushbu shaxs uyda yig’ib qo’yilgan pul mablag’idan 500 ming so’mini olib, dorixonaga chiqib ketayotgan vaqtda ayoli kech bo’lganda ko’chaga chiqib ketayotgani uchun erini sha’niga teguvchi uyatli so’zlar bilan haqorat qilganligi uchun erining g’azabi qo’zg’algan

Erkak ayoli va farzandini qastdan o’ldirish maqsadida, yashab turgan uyning hovlisida turgan tayoq bilan ayoli va 13 yoshli farzandining bosh qismiga o’ta shavfqatsizlik bilan ko’p marotaba urib, ularga hayot uchun xavfli bo’lgan og’ir jarohatlarni yetkazib, qasddan o’ldirgan.

Sudyaning ma’lum qilishicha, sudlanuvchi Yo’ldashev o’z qo’llari bilan o’ldirgan rafiqasi uning ikkinchi turmushi ekanligi va u bilan turmush qurgan paytdan boshlab o’zaro murosaga kela olmagani uchun ichkilikka ruju qo’ygani, er esa marhuma ayolini buzuqlikda ayblab, voyaga yetmagan farzandini o’zining farzandi emaslik gumoni ostida yashab kelgan.

Sud qaroriga ko’ra, sudlanuvchi JKning 97-moddasi (qasddan odam o’ldirish) 2-qismi a (ikki yoki undan ortiq shaxs) va j (o’ta shafqatsizlik bilan) bandlari bilan aybli deb topilib 22 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.