Joriy yilning 4-dekabr kuni Andijon davlat universitetiga ota-onalar majlisiga kelgan ayol binoning to’rtinchi qavatidan tushib ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Foto: YouTube

Ma’lum qilinishicha, ayol 9-dekabr kuni vafot etgan.

Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon viloyati filiali reanimasiya bo’limida ishlovchi, ismi sir qolishini so’ragan xodimlaridan biri ushbu ma’lumotni tasdiqlagan. Ta’kidlanishicha, ayol og’ir tan jarohatlari natijasida ko’rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Shuningdek, holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.