Oʻzbekiston Markaziy banki xabariga koʻra, 2021-yilda xorijiy davlatlardan Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalari miqdori 1/3 miqdorida oshgan.

Foto: Google

Xususan, ushbu yilning 11 oyi hisobida xorijdan Oʻzbekistonga valyuta oʻtkazmalari miqdori $7,3 mlrd. dollarni tashkil qilgan. Bu oʻtgan yil koʻrsatgichlariga nisbatan 35% yuqori. Bank xabariga koʻra, ushbu koʻrsatgich isteʼmol talabini yuqori darajada ushlab turgan omillardan biridir.

Shuningdek, Oʻzbekistonda 2021-yilda iqtisodiy oʻsish surʼati ham kutilgan darajada yuqori boʻlgan. 2021-yilning 11 oyida iqtisodiy oʻsish darajasi 6,5-7,2%ni tashkil qilishi kutilmoqda.

Shu bilan birga yil boshidan buyon soʻm-dollar ning almashuv kursi 10 449–10 787 atrofida boʻlib turgan, lekin Noyabr oyida soʻmning qadrsizlanishi biroz tezlashgan. Yil boshidan buyon soʻm kursi 3%ga pasaygan.