Samsung yangi flagmanlar narxini eskilari bilan bir xil darajada ushlab turishga harakat qiladi. Kompaniya Galaxy S seriyasining yangi smartfonlari narxini oshirmoqchi emas. Bu haqda SamMobile nashri xabar bermoqda .

Foto: Google

Manbalarga ko‘ra, Koreya kompaniyasi 2022-yil boshida sotuvga chiqariladigan Galaxy S22 seriyali smartfonlar narxlarini eskilari bilan bir xil darajada ushlab turadi. Qayd etilishicha, liniyaning asosiy qurilmasi 800 dollarga baholanadi – bu Galaxy S21 bilan bir xil narxda. 

Shuningdek, insayderlar hamyonbop Galaxy S21 FE narxi 700 dollar bo‘lishini ma’lum qilishdi. Undan oldingi Galaxy S20 FE ham xuddi shunday narxga ega edi.

Mualliflar Samsung seriyadagi boshqa qurilmalar – Galaxy S22+ va Galaxy S22 Ultra’ga qanchalik baho berishini aniqlay olishmadi. Xalqaro bozorda ushbu qurilmalarning o’tmishdoshlari – Galaxy S21 + va Galaxy S21 Ultra kamida 999 va 1199 dollar sotuvga chiqarilgan. 

Jurnalistlarning fikricha, ushbu narx siyosati tufayli Samsung smartfonlar bozoridagi yetakchi mavqeini saqlab qolish va yangi qurilmalarni muvaffaqiyatli sotish niyatida.

Noyabr oyi o‘rtalarida koreys manbalari Samsung kompaniyasi 2022-yilda 52 ta smartfon modelini chiqarishi haqida xabar bergan. Shuningdek, Galaxy S22 bazaviy modelining jo‘natmalari soni 14 million, Galaxy S22+ 8 million, Galaxy S22 Ultra 11 million dona bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.