Shu yilning 10-dekabr kunidan “Samarqand” xalqaro aeroporti mintaqaviy va xalqaro qatnovlarga xizmat koʻrsatishga tayyorligi haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunga qadar uzunligi 3 105 metr va eni 60 metr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi, taksi yo‘laklari va 24 ta samolyot stendlari uchun perronni o‘z ichiga olgan yangi aerodrom majmuasi qurilishi to‘liq yakunlandi. 

Shuningdek, bu yerda “ICAO”ning ikkinchi toifasiga mos keladigan zamonaviy energiya tejovchi yoritish uskunalari va qo‘nish tizimi o‘rnatilgan. Aeroport majmuasi qurilishiga kelsak, u davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, “Samarqand” xalqaro aeroporti 20-oktabrdan boshlab yopilgan edi.