Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida ichida O’zbekiston fuqarolari bo’lgan avtobus YTHga uchradi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Foto: TASS

“11 kishi jabrlandi, ulardan biri halok bo‘ldi, 10 nafar jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi”, — deyiladi favqulodda vaziyatlar xizmati xabarida.

Kecha kechqurun Ardatovskiy tumanidagi qishloq yaqinida smenali avtobus va “KAMAZ” yuk mashinasi to‘qnashib ketgan. Ichki ishlar vazirligining Nijniy Novgorod viloyati boʻyicha bosh boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, avtobus haydovchisi yuqori tezlikda harakatlangan. Oqibatda mashina qarama-qarshi yo’lga chiqib ketgan. Avtobus haydovchisi esa halok bo‘lgan.

Viloyat prokuraturasi va Ardatovskiy tumani prokurori vazifasini bajaruvchi huquq-tartibot idoralari hamda tezkor xizmatlarning harakatlarini muvofiqlashtirish uchun voqea joyiga yetib borishgan.

Voqea sabablari o‘rganilmoqda.