Rossiyaning Peterburg shahrida politsiyachiga hujum qilgan va hibsga olinganidan so‘ng departamentdan qochib ketgan O‘zbekiston fuqarosi qidirilmoqda, deb xabar berdi Interfaks nashri.

Foto: TASS

Xabarga ko’ra, 8-dekabr, chorshanba kuni o‘zbekistonlik MMA jangchisi “E” markazi tezkor xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, ulardan biriga qo’l ko’targan. Politsiya uni ushlab, bo‘limga olib borgan, ammo ertasi kuni u qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Rossiya IIV Bosh boshqarmasi xabar berishicha, politsiya RF Jinoyat kodeksining 327 (soxta hujjatlarni tayyorlash) va 318-moddalari (hukumat vakiliga kuch ishlatish) bo‘yicha jinoyat sodir etganlikda gumon qilingan shaxsni qidirmoqda.