Ayni damda Oliy Yevrosiyo Iqtisodiy Kengashining yig’ilishi onlayn tarzda o‘tkazilmoqda.

Foto: Google

Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev YeOII sammiti yig‘ilishida faxriy rais sifatida ishtirok etmoqda.

Nazarboyevning fikricha, YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini olgan O‘zbekiston misoli ilhomlantirishi kerak, chunki respublika bundan katta foyda ko‘rdi.

Eslatib o’tamiz, 2020-yil 11-dekabr kuni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining (YEOII) videoanjuman shaklida o‘tkazilgan sammitida O‘zbekiston va Kubaga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.