Meksika janubi-sharqida muhojirlarni olib ketayotgan yuk mashinasining qulashi oqibatida 53 kishi halok bo‘ldi, 58 kishi esa jarohatlandi, deb xabar berdi Milenio.

Foto: RIA Novosti

“Chiapas shtatining Tustla Gutierres shahrida muhojirlarni olib ketayotgan treylerning ag‘darilishi oqibatida 53 kishi halok bo‘ldi, 58 esa kishi jarohatlandi”, – bu haqda ushbu shtatning fuqaro muhofazasi bosh direktori Luis Manuel Garsiya ma’lum qildi.

Avvalroq 49 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Shtat gubernatori Twitter’dagi blogida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.