Tesla asoschisi va bosh direktori ketma-ket beshinchi haftadirki kompaniyadagi ulushini qisqartirmoqda.

Foto: Google

Ushbu haftada u 934 000 dan ortiq aksiyalarni sotdi. Kompaniyaning 10% ulushini sotish haqidagi va’dasini bajarishdan oldin u sotish uchun 6 million aksiyaga egadir. Forbes Real-Time ma’lumotlariga ko’ra, Maskning boyligi yana 5,42%ga yoki 15,1 milliard dollarga kamaydi.

Mask ketma-ket beshinchi hafta aksiyalarini sotdi va doimiy ravishda kompaniyadagi ulushlarining 10 foizini sotish haqidagi va’dasini bajarishga yaqinlashmoqda.

Shunday qilib, u Twitter’dagi o’z izdoshlari o’rtasida bu borada so’rovnoma o’tkazgandan so’ng sotgan aksiyalarining umumiy soni hozirda deyarli 11 millionga yetdi.

U 17 million aksiyani sotish orqali 10 foizlik ulush chegarasiga yetadi. U yana 6 million aksiyani sotishi kerak. Mask aksiyalarni birinchi marta sotgan narxning eng yuqori cho‘qqisiga nisbatan ularning qiymati 18 foizga pasaygan, deyiladi agentlik xabarida.