Tesla asoschisi Ilon Mask ayni damda qilayotgan barcha ishini yig’ishtirib, mashhur blogerga aylanish haqida o‘ylamoqda, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Foto: Google

“Men hozirgi qilayotgan ishimni tashlab, blogerlik faoliyatimni boshlash haqida o‘ylayapman”, – deya yozib qoldirgan Mask o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida.

Ma’lumot uchun, Ilon Mask Zip2, X.com, PayPal, SpaceX, Tesla, SolarCity, OpenAI, Neuralink, The Boring Company kompaniyalar asoschisi hisoblanadi.

Ayni damda Ilon Mask 188 milliard dollar puli bilan dunyo bo‘yicha eng boy kishilar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turibdi.