Yaqinda nomini Meta deb o‘zgartirgan Facebook 2019-yilda Instagram’ning o‘smirlar uchun xavfliligini ko‘rsatuvchi o‘z tadqiqotini o‘tkazdi.

Foto: RIA Novosti

Tadqiqotda olti davlat, jumladan, Yaponiyadan 20 mingga yaqin kishi ishtirok etdi. Uning natijalariga ko’ra, o’z joniga qasd qilish fikrlari va o’z joniga qasd qilishga urinish bilan aniqlangan 10 yoshdan 20 yoshgacha bo’lgan qizlarning 13,5 foizi Instagram “lenta”sini ko’rgandan keyin bu holatlar yomonlashganini aytgan.

Bundan tashqari, o‘zini yomon his qilgan qizlarning 32,4 foizi Instagram’dan foydalanish natijasida ahvoli yomonlashganini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, ularning ulushi Instagram tomonidan sog’lig’ining yomonligi bilan kurashishda yordam berganlardan ko’p edi, deya so’zlarini yakun qilgan Asahi nashri.