Apple tez orada 3 trillion dollarlik bozor qiymatiga ega dunyodagi birinchi kompaniyaga aylanishi mumkin. 

Foto: Gazeta.ru

Qayd etilishicha, agar bu ko‘rsatkichga erishilsa, kompaniya kapitallashuv bo‘yicha butun Germaniya fond bozori yoki Buyuk Britaniya iqtisodiyotidan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin.

“Bu ajoyib yutuq bo’lib, AQSh texnologiya kompaniyalarining aql bovar qilmaydigan ustunligini ta’kidlaydi”, – dedi Kreyg Erlam.

2021-yilda Apple aksiyalari deyarli uchdan birga oshgan. 2020-yilda o’sish taxminan 80%ni tashkil etgan bo’lsa-da. Apple kompaniyasining Microsoft, Amazon, Alphabet va Tesla kabi raqobatchilarining qimmatli qog’ozlari joriy yilda 10%dan 70%gacha oshgan.

Eng yirik kapitallashuvga ega dunyodagi birinchi kompaniya bo’lish uchun texnologiya giganti narxi yana 6 foizga ko’tarilishi kerak.

Oktabr oyi oxirida ma’lum bo’lishicha, Microsoft kompaniyasining kapitallashuvi taxminan 2,48 trillion dollarni tashkil etgan bo’lsa, Apple kompaniyasining kapitallashuvi biroz orqada, 2,47 trillion dollarni tashkil qilgan. Microsoft aksiyalari yil boshidan buyon qariyb 51 foizga oshgan, Apple aksiyalari esa xuddi shu davrda 14 foizga oshgan.

Avvalroq, Apple Watch aqlli soatlari xavfli deb topilgani haqida xabar bergan edik.