Hindistonlik 26 yoshli Ambuj Saksena uzoq vaqt davomida ortiqcha vaznga ega, bolaligida esa uning sog’lig’i bilan bog’liq muammolarga duch kelgan. Hind o’ziga mos kiyim topishi hamda doimo tashqi ko’rinishidan norozi bo’lgan.

Foto: RIA Novosti

Kunlarning birida Saksena hamkasblari bilan stol tennisi o’ynash vaqtida, ulardan biriga suratga olishni so’raydi. Erkak uning qornini yon tomondan ko’rgandan so’ng, hayot tarzini o’zgartirish vaqti kelganini anglab yetgan.

Hindistonlik uyiga qaytib keldi va barcha shokolad, shirinliklar, makaron va boshqa yuqori kaloriyali ovqatlarni tashlab yubordi va uyali telefonidan oziq-ovqat yetkazib berish uchun barcha ilovalarni o’chirib tashladi.

Endi u nonushta uchun bir kishilik guruch, maydalangan bug’doy yoki qovurilgan irmik unidan tayyorlangan bo’tqa iste’mol qilmoqda. Qaynatilgan yasmiq va sabzavotlar bilan ovqatlanmoqda.

Hindistonlik kuch va funksional mashg’ulotlar bilan shug’ullanadi. Uning ta’kidlashicha, muvaffaqiyatga erishish uchun fitnes maqsad emas, balki hayot tarzi ekanligini tan olish kerak.

O’ziga motivatsiya berish uchun erkak o’zining beo’xshov suratlarini telefonining ish stoliga joylab qo’yadi. Bu suratlar uni mashq qilishini tezlashtiradi. Bundan tashqari, u vazn yo’qotish yo’lida uni rag’batlantiradigan murabbiy bilan ham ishlaydi. 

Erkakning ta’kidlashicha, vazn yo’qotgandan so’ng u yanada intizomli va xotirjam bo’lib qolgan, shuningdek, kelajak uchun ulkan rejalari ham yetarlicha.