Yaponiyaning markaziy qismidagi Xigasiura shahrida mashina bir guruh bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilarini urib yubordi. Bu haqda bugun Asahi gazetasi xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Qayd etilishicha, bog‘cha tarbiyalanuvchilari eng yaqin kasalxonaga yetkazilgan. Bundan tashqari, haydovchi ham kasalxonaga yotqizilgan, u sog’lig’i yomonlashganidan shikoyat qilgan. Politsiya xodimlari hodisa sabablarini aniqlash uchun surishtiruv ishlarini boshlashgan.

So’nggi yillarda Yaponiyada keksa haydovchilarning noxush holatlari ko’paydi. Mahalliy politsiya xodimlari ushbu holatda haydovchilik huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechishga chaqirmoqda.

Yomiuri gazetasining yozishicha, bugun yana bir mashina yosh bolalarni urib yuborgan.