Toshkentda pandemiya bilan kurashish davomida jonini fido qilgan tibbiyot xodimlari xotirasiga bag‘ishlangan aksiya boshlandi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Daryo

11-dekabr kuni soat 10:00 da G‘alaba bog‘iga kirish oldidagi maydonchada Xotira xiyobonini tashkil qilish ishlariga start beriladi.

Birinchi bosqichda 61 ta daraxt ekiladi: chinorlar, qayrag‘och va akatsiyalar.
Qayd etilishicha, aksiya tashkilotchilari — O‘zbekiston Landshaft san’ati uyushmasi Olmazor tuman hokimligi bilan birgalikda.

Xususiy kompaniya va shaxslarning homiyligi ham ishlar yanada rivojlanishiga yordam beradi. Shu bois ushbu tashabbusga befarq bo‘lmagan toshkentliklar daraxtlarni ekishda ishtirok etish va loyihaga homiylik yordamini ko‘rsatishga taklif qilinadi.