Bosh prokuratura xabariga ko’ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining ikki moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Google

Eslatib o’tamiz, 7-dekabr kuni Denov shahridagi savdo markazida gaz sizib chiqishi oqibatida kuchli portlash sodir bo’lgan edi.

Voqea joyida sodir bo‘lgan portlash va yong‘in natijasida 2 kishi halok bo‘ldi, 9 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati oldi. 6 ta xonadonning devorlari yorilib, yashash uchun yaroqsiz holga kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.