Samarqandda profilaktika inspektorining avtomobilini yoqib yuborgan shaxs sud qilindi.

Sud majlisida ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1-iyul kuni soat 19:30 atrofida Samarqandda jamoat joyida mast holda janjal qilgan fuqaroning ustidan “IIO”ga shikoyat kelib tushgan.

Shundan so‘ng, profilaktika inspektori uning uyiga borganida fuqaro xodimning qonuniy talabiga bo‘ysunmay pichoq ko‘tarib, profilaktika inspektoriga tashlangan.

Shu paytda inspektor zudlik bilan tergov tezkor xodimlarini voqea joyiga chaqirgan. Janjal ko‘targan fuqaro jaxl ustida uyining oldida turgan profilaktika inspektorining avtomobilini yoqib yuborgan.

“JIB” Kattaqo‘rg‘on tuman sudi ayblanuvchiga sud hukmi o‘qildi.

Unga ko‘ra, fuqaro J.K.ning 140 (haqorat qilish), 173 (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 219 (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 277 (bezorilik) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun 4 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.