Qozog’istonning Aqtau shahridagi 29-maktabning robototexnika fani o‘qituvchisi Marat Otanazarov o‘quvchisi Jasulan Shanitbay bilan birgalikda “Antivirus terminali” qurilmasini ixtiro qildi.

FOTO: Kazinform.ru

Yangi qurilma maktabda o‘rnatilib, sinovdan o‘tkazilmoqda.

“Antivirus terminali” birinchi navbatda odamning tana haroratini o‘lchaydi va ultratovush datchik yordamida qo‘lni avtomatik ravishda dezinfeksiya qiladi.

Shuningdek, “Ashyq” ilovasi o‘rnatilgan maxsus qurilmalar yordamida bolalar va kattalar uchun niqob olish imkoniyati ham mavjud.

“Shifokorlarning ogohlantirishicha, hozirgi koronavirus pandemiyasidan xalos bo‘lishning yagona yo‘li niqob kiyish, qo‘llarni antiseptik bilan dezinfeksiya qilish va odamlar bilan aloqani kamaytirishdir. Umid qilamanki, bunday terminal barcha ta’lim muassasalari, bolalar bog‘chalari va jamoat joylarida bo‘lishi epidemiyadan tezroq xalos bo‘lishga yordam beradi”, — dedi ixtirochi.

Terminal gavjum joylarda qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Asosiy afzalligi – avtomatlashtirilgan. Qurilmani masofadan nazorat qilish va texnik xizmat ko‘rsatish uchun maxsus videokamera o‘rnatilgan.